Asosiy kontentga o‘tish

Bosh qahramon

Ra’no

«Mehrobdan chayon» · Abdulla Qodiriy

Ra’no o‘z taqdirini boshqalar hal qilishiga rozi bo‘lmaydi. U Anvarga sodiq qoladi va saroy fitnalari oldida ham irodasini yo‘qotmaydi.

Xarakteri

  • Dadil
  • Aqlli
  • Sodiq
  • Hazilkash

Komiks qismlari

Ra’no ishtirok etgan qismlar

  1. 01Ra‘noning egasiDramaXasis Solih maxdum bugun uyga go‘sht olib keldi. Qizi Ra‘no esa o‘z «egasi» kimligini yaxshi biladi.
  2. 02MehmonRomantikAnvar kelganda bog‘ jonlanadi. Lekin bir hazil keyinchalik qanchalik og‘ir bo‘lishini hech kim bilmaydi.
  3. 03Yetimning yo‘liDramaYetim bola, mehribon kampir va olti yoshli qiz. Bir va’da hammasini bog‘laydi.
  4. 04Qizil qashqar guliRomantikQizil gul, bog‘dagi suhbat va Anvarning o‘rda haqidagi qo‘rquvi.
  5. 06Ko‘klam va’dasiRomantikOddiy bo‘zchi Safar mehmonxonada hammani hayratga soladi — va bir dushmanga yo‘l ochiladi.
  6. 11Cho‘loq qushRomantikAnvar va Ra‘no birga palov qiladi. Hovliga esa begona ayol «adashib» kiradi.
  7. 12Qop yo‘qotdingizmi?DramaSultonali shahar bo‘ylab yuguradi. Ulguradimi?
  8. 13SovchilarBurilishXonning sovchilari maxdumning eshigini taqillatadi.
  9. 14Ochiq xatRomantikYomon xabarni Anvar qanday qabul qiladi?
  10. 15Kitob ichidagi xatRomantikTo‘y jumaga belgilandi. Ra‘no Anvarga kitob ichida javob yuboradi.
  11. 16Jasur qizHarakatQorong‘i mashqxona, eski kiyimlar va tungi ko‘chalar.
  12. 19G‘o‘za sug‘uruvchi qizRomantikShahar chetidagi kulbada yuzini yashirgan qiz g‘o‘za sug‘uradi.
  13. 21Xayr endi, Ra‘no!RomantikAjralish oqshomi. Anvar Ra‘noga hammasini aytmaydi.
  14. 24Qo‘rg‘on devoriRomantikYarim kecha, qo‘rg‘on devori va Toshkentga olib boruvchi yo‘l — so‘nggi qism.

Mehrobdan chayon

Asardagi boshqa qahramonlar

Ra’no haqida ko‘proq

Qahramonning haqiqiy ovozi — asl kitobda.

Komiks Ra’noning hikoyasini qisqa sahnalarda beradi. Uning fikrlari, so‘zlari va taqdirini to‘liq his qilish uchun «Mehrobdan chayon»ni o‘qing.